Samarqand tumanida noyabr oyida 6 ming 105 tonnna mahalliy o‘g‘it chiqariladi

Samarqand tumanidagi klaster korxonalari va 315 ta fermer xo‘jaliklari  tomonidan 2022 yil hosili uchun 2 ming 35 gektar yer maydoniga ekilgan  boshoqli don ekinlari parvarishiga kirishildi. 
Ko‘pni ko‘rgan, tajribali dehqonlar g‘alla parvarishida mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga alohida e’tibor qaratishmoqda. Tumanda 2021 yil noyabr oyi davomida 6 ming 105 tonna mahalliy o‘g‘it jamg‘arish rejalashtirilgan.
  Shu maqsadda Samarqand tuman hokimligi, agroinspeksiyaning tuman bo‘limi va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tumandagi chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tomonidan mahalliy o‘g‘itlarni g‘alla dalalariga chiqarish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Ko‘rilgan tadbirlar bois, bir kunda o‘rtacha 250-300 tonna mahalliy o‘g‘it chiqarilishi ta’minlanmoqda. Inspeksiyaning sohaviy inspektorlari tomonidan g‘alla maydonlari uchun gektariga 3 tonnadan mahalliy o‘g‘it jamg‘arilishi, mahalliy o‘g‘it uchun hosil xandaqlari tayyorlanishi, g‘alla ekilgan maydonlar chetlarini to‘siqlar bilan o‘rash singari masalalarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Dilshod Ro‘zimurodov.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM