Maqsad ilmiy tajribani sohaga tatbiq etish

Samarqand delegatsiyasi Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro qishloq xo‘jaligi seminarida ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmali tadbir davomida sitrus va mahalliy meva-sabzavotlarni parvarishlash, hosildorlikni oshirishda zamonaviy yondashuvlar muhokama etilyapti. Agrotexnologik uskunalar, bio-kimyoviy o‘g‘itlash metodikasi yuzasidan fikr almashilmoqda. Bu borada turk-o‘zbek tajribasini uyg‘unlashtirish, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsad qilingan.

Seminar ishtirokchilari tarkibida Samarqand tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadulla Uzoqov ham bor.

– Mamlakatimiz rivojlanishning yangi bosqichiga kiryapti, – deydi Sadulla Uzoqov. – Prezidentimiz ilgari surayotgan yangi tamaddun – uchinchi renessans g‘oyasi ham har bir sohaga ilmiy yondashishni, eng ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni taqazo qiladi. Bundan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mustasno qolishi mumkin emas. Ushbu tadbirda ishtirokimizning bosh maqsadi shunga qaratilgan.

Xalqaro seminar 28-noyabrga qadar davom etadi.

2015-2022 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM