Samarqand tumanida Turkiya tajribasi ommalashadi

Samarqand tuman hokimligi hamda agroinspeksiyaning tuman bo‘limi hamkorligida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarish qilishga bag‘ishlangan o‘quv seminar o‘tkazildi. Unda 2 ming 35 gektar yer maydonidagi g‘alla ekinlarini parvarishlash, sifatli sug‘orish hususida tegishli tavsiyalar berildi.


Tadbirda, g‘alla parvarishida rivojlangan davlatlar, hususan Turkiya davlatida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni ommalashtirish, hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminar so‘ngida klaster korxonalari va fermerlarga g‘alla pavarishiga oid o‘quv qo‘llanmalar ham tarqatildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM