Alisher Islomov: Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini xonadoniga borib o‘rnatib berish gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining asosiy vazifasi

Samarqand tuman hokimligida tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumanida tuman hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari xuddi shu fikrni bildirdi.


Qayd etilganidek, bugungi kunda gaz ta’minoti korxonasi xodimlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda. Tumanda 31 ming 545 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan  ta’minlangan bo‘lsa, gaz ballonlarini xodimlarning o‘zlari xonadonga borib, o‘rnatib berishi kerak. Bu ularning asosiy vazifasi. Shu orqali aholining xavfsizligi ham ta’minlanadi.
Anjumanda shuningdek, gaz ta’minoti ob’yektlari va qurilmalarini barqaror ishlashga tayyorlash, qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida qilingan ishlarga alohida to‘talib o‘tildi.
O‘tgan davr mobaynida 76 kilometr gaz quvurlar havo bosimi yordamida tozalandi. 14 kilometr yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi. Bundan tashqari Samarqand tumanda aholi xonadonlariga kuz-qish mavsumiga 2489,8 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti ajratilgan.


Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha ma’lumot beradigan bo‘lsak, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari jami 143,9 km. ga bajarildi. Jami 72 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi. Tumanning elektr energiyasi tez-tez uziladigan hududlariga yangi transformatorlar o‘rnatildi. 
Tanqidiy ruhda o‘tgan anjuman davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM