Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda qayd qilinganidek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat talablari ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha bugungi kunda bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurutayotgan pedagog xodimlar bilan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi amaliyotga tadbiq yetish bo‘yicha doimiy ravishda amaliy o‘quv seminarlar tashkil yetilib, unda tumanda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog xodimlar qamrab olinib kelinmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya sifatini oshirish va davlat talablarini bajarilishinig eng birinchi omili bu tashkilotlarni metodik ta’minoti hisoblanadi. Bugungi kunga qadar tumandagi barcha davlar va oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotklariga 40 dan ziyod turli didaktik, ko‘rgazma va tarqanma materiallar, tarbiyachilar uchun metodik qo‘llanmalar, MTT lardagi  barcha  pedagoglar uchun ish hujjatlari  va tarbiyalanuvchilar uchun badiiy adabiyotlarning hafta va oy mavzulariga oid to‘plamlari berildi.
Tahkilotlardagi tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sport musobaqalari,  bayram tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Tashkilotlarda tarbiyalanayotgan bolajonlarimiz tuman va viloyat kesimida o‘tkazilgan “Iste’dodli bolajon”, “Eng ifodali o‘qilgan she’r” tadbirlarda faol ishtirok etishib kelmoqda.
Tahskilot pedagoglari o‘rtasida sog‘lom raqobatni tashkil etish pedagoglar ijodkorligini yanada oshirish maqsadida “Mohir qo‘l ustasi”. “Ijodkor tarbiyachi”, “Eng yaxshi didaktik materiallar” kabi ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirlarda  1, 3, 5, 11, 14, 17, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 29, 34, 35 va 37 DMTT larida faoliyat yuritayotgan pedagoglar faol ishtirok etishgan bo‘lsa, 3, 14, 19, 20-DMTT tarbiyachilari tomonidan tayyorlangan materiallar viloyat tanlovlarida munosib o‘rinlarni egallashdi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonining sifat samaradorligini oshirish maqsadida o‘tgan o‘quvyilida 10 ta DMTT lar attestasiya va akkreditasiyadan o‘tkazildi. Joriy yilda rejagako‘ra 11 ta  ta’lim tashkilotlari attestasiya va davlat akkreditasiyadan o‘tkazilishi belgilangan.
Muloqot davomida sohaga oid savollarga to‘liq javob berildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM