Samarqand tumanida klaster tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar: 2021 yil sarhisobi

Tuman hokimligida o‘tkazilgan ochiq muloqotda shu haqda so‘z yuritildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari Sadullo Uzoqov sohada olib borilgan ishlarni tahlil qilib o‘tdi.
Qayd etdiki, prezidentimizning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni yanada chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini joriy qilish, g‘alla va don mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, g‘allachilik klasterlarini tashkil qilish orqali yuqori qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va hududlarda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari o‘zining ijobiy natijalarini bersoqda. Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash hamda berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda tumanimizda salohiyatli korhonalarni g‘alla klasterlari tashkil etishga jalb etish tavsiyalari berdi.
Klaster bu – to‘planib ishni amalga oshirish. Masalan, g‘alla yetishtirildi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun uni endi unga  aylantirish kerak. So‘nggi qadamda esa undan non mahsulot ishlab chiqariladi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 sentyabrdagi “Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2 ta g‘allachilik klasterlari tanlab olindi va ularning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilda tumanda g‘allachilik klasterlari tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida, hududdagi g‘alla maydonlari klaster korxonasi tomonidan to‘liq qamrab olinishi mo‘ljallanmoqda.
Mazkur g‘allachilik klasterini belgilangan tartibda tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskor kelgusida ekiladigan g‘alla maydonlariga mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i moylash materiallarini o‘z xisobidan jamg‘arishni hamda kelgusida innovasion texnologiyalarni kiritib, yangi zamonaviy texnikalar olib kelishni va investision loyihalarni amalga oshirishini kafolatlagan.
Samarqand tumanida 2022 yil hosili uchun 2035 gektar g‘alla ekin maydoni mavjud bo‘lib, g‘allachilik klasteri tashkil etish uchun 2 ta tashabbuskor tanlab olindi. Shundan 1121.0 gektar maydonni "Samarqand don tayyorlash klasteri" MCHJga va 914.0 gektar maydonni "Sardor kimyo savdo lux" MCHJga ajratilishini maqsadga muvofiq deb topildi.
Chunki, hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalangan holda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dasturi doirasida "Samarqand don tayyorlash klasteri" MCHJ yiliga 10 000 tonna un, 3000 tonna ozuqa yem va 400 tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga hamda "Sardor kimyo savdo lux" MCHJ yiliga 5000  tonna un, 100 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarish syexiga ega bo‘ladi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirilishi natijasida "Samarqand don tayyorlash klasteri" MCHJ tomonidan 12.1 mlrd.so‘m bank krediti, 2,5 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, jami 14.6 mlrd.so‘mlik va "Sardor kimyo savdo lux" MCHJ tomonidan 3,3 mlrd.so‘m bank krediti, 0,7 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, jami 4,0 mlrd.so‘mlik zamonaviy texnologiyalar olib kelinishi rejalashtirildi.
Natijada tumanda qo‘shimcha 110 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Tumanda g‘allachilik klasteri tashkil etilishi, fermerlar tomonidan yetishtirilayotgan g‘alla hosilini klasterga sotish va o‘z vaqtida g‘alla hosili uchun haqini olish imkoniyatini beradi.
Klaster tizimida yer egasi, tayyor mahsulotlar, o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ularga turli xizmatlar ko‘rsatuvchi tuzilmalar iqtisodiy, hududiy, logistika va boshqa rishtalar bilan chambarchas bog‘lanadi. Bir-birini astoydil qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor bo‘ladi. Birining yutug‘i ikkinchisi, uchinchisining ham ishi yurishishini anglatadi.
Muloqot chog‘ida hokim o‘rinbosari sohada aloqador savollarga to‘liq javob berdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM