Samarqand tuman IIBga yangi boshliq tayinlandi

Kecha, 9 mart kuni Samarqand, Narpay, Oqdaryo tumanlariga hamda Samarqand shahri Ichki ishlar bo‘limlariga boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib o‘rtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:
podpolkovnik Anvarjon Aminovich Rahmatov Samarqand tumani IIB boshlig‘i lavozimiga lavozimiga tayinlandi.
Shunungdek, polkovnik Ismatjon Negmatovich Ibrohimov Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Bahodir Esirgapovich Rahmatov Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Abror Xamzayevich Valiyev Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM