Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o'rinbosari ayol kishi bo‘ldi

Xaydarova Istoda Raxmonovna Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Istoda Xaydarova davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 1999-yilda Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasida tashkiliy va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis vazifasida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi vazifasida ishlayotgan edi. 

I.Xaydarova soliq xizmatining I darajali inspektori.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM