Samarqand tumaniga 48 ming boshdan ortiq bir kunlik naslli jo'jalar olib kelindi

 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, "O'zagroinspeksia"ning viloyat boshqarmasi va tuman bo'limlari tomonidan doimiy nazorat o'rnatilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu qaror ijrosi bo'yicha profilaktik tadbirlar va monitoringlar o'tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, 2022 yilning mart oyida Samarqand tumanidagi "Navobod Naslli Parranda" fermer xo’jaligi tomonidan Vengriya davlatining "Aviagen KFT" kompaniyasidan jami 48 ming 555 bosh bir kunlik naslli jo'jalar olib kelingan bo'lib, xozirgi vaqtda olib kelingan jo'jalar uchun subsidiya olish maqsadida, hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM