Samarqand tumanidagi yirik sovitkichli omborxonalarning quvvati 49 ming 485 tonnaga teng

Image_tadbir: 

Samarqand tumanida jami 64 ta muzlatkichli kameralar va omborxonalar faoliyat yuritmoqda. Xususan, oddiy, vakumli, shokli va amiyakli muzlatkichlar mavjud. Ularning quvvati esa 49 ming 485 tonnaga teng.
Samarqand tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi press-tarda ayni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan yirik sovitkichli omborxonalar faoliyati tanishtirildi.
Jurnalist va blogerlar dastlab, “Ansarjon Agro Saxovat” fermer xo‘jaligida bo‘lishdi. Ishtirokchilar bu yerda saqlanayotgan mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi. Mazkur fermer xo‘jaligida har biri 200 tonna sig‘imga ega 13 ta sovitkichli omborxona bor. Ularda mavsumga qarab, turli meva va sabzavotlar yig‘iladi hamda eksportga tayyorlanadi.

Fermer xo‘jaligining mavjud 13 gektar yerida bog‘ va uzumzorimiz tashkil qilingan. Muzlatkichlarda ushbu bog‘da yetishtirilgan mahsulotlardan tashqari Samarqand va boshqa viloyatlarda yetishtiriladigan eng sara qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham saqalanadi. Bu yerda ularni qadoqlab, Rossiya va Belorusiyaga eksport qilinadi. O‘tgan yili undan birgina Rossiya Federasiyasiga 2,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Ishtirokchilarning keyingi manzili “Lutfiya Amina Uzumzorlari” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerda ham jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga fermer xo‘jaligi rahbarlaridan to‘liq javob olishdi.
Mazkur fermer xo‘jaligining tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmasa-da, unda allaqachon mahsulotlarni xorijga eksport qilish boshlangan. Bu yerda Turkiya texnologiyasi asosida qurilgan 500 tonna sig‘imga ega sovutgichli omborxona bor. 14 nafar mahalla aholisini ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, har kuni 20-30 nafar, yig‘im-terim vaqtida esa 100 nafargacha fuqarolarni mavsumiy ishlarga jalb qilinadi.

2015-2022 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM