“Tuman hokimi sovrini” uchun fan olimpiadasi boshlandi

Image_tadbir: 

38-umumtalim maktabida start berilgan olimpiadani tuman bosqichining ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarning yetarlicha ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidlashdi. Bu kabi olimpiadalar kelgusida o‘z samarasini berishiga umid bildirishdi. Bu borada o‘quvchilarga omad tilashdi.


Shundan so‘ng tumandagi 54 ta umumta’lim maktabidan kelgan 8, 9 va 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida dastlabki test sinovlari boshlandi. Test jarayonlarining borishini bevosita rahbarlarning o‘zlari kuzatishdi.
Ma’lumot uchun: “Tuman hokimi sovrini” uchun fan olimpiadasida o‘quvchilar 10 ta fan doirasida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi. Unda 1600 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishi belgilangan. Gʻoliblar diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM