Qoziqo‘rg‘on mahallasi navbatdagi obod manzil bo‘ladi

Zamonaviy va milliylikni o‘zida aks ettirgan ko‘rkam imoratlar, keng va tekis yo‘llar, serhosil bog‘laru, yo‘l chekkasida salobat to‘kib turgan manzarali daraxtlar – obodlikdan nishona. Bular barchasi obod turmushimiz, farovon hayotimizning o‘ziga xos jihatlaridir.
Davlatning buyukligi Vatanning ozod va obodligi, insonning komilligi, xalqning erkin va farovon hayoti bilan belgilanadi. Obod hayot avvalambor farovonlik, to‘kinchilik, mo‘l – ko‘lchilik, qut – baraka, arzonchilik ma’nosini o‘zida mujassam etadi. Zero, obod yurtda fayz – baraka bo‘ladi, odamlar o‘rtasida mehr – oqibat hukm suradi, turmush farovon bo‘ladi. Yurtimizda ushbu islohotlarni o‘zida mujassam etgan “Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturi hayotga keng tatbiq etilmoqda.


Tuman hokimi, mutasaddi tashkilot rahbarlari tumani Do‘stlik va Qoziqo‘rg‘on mahallalarida olib borilayotgan “Obod qishloq” davlat dasturi ijrosi bilan tanishdi. Hududda amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish borasida vazifalarni belgilab olishdi.


Jumladan, maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, qishloq vrachlik punkiti bino va inshootlarida qurilish hamda rekonstruksiya ishlarini sifatli bajarish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mahallada salomatlik yo‘laklarini qurish, muddatini o‘tab bo‘lgan elektr utunlarni yangisiga almashtirish masalasi muhokama etildi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda gaz ballonlari bilan ta’minlash, xonadonlarning tomorqalari hamda fasad ko‘rinishlarini tartibga keltirish ishlari kerakligi aytib o‘tildi.
Bu boradagi ishlar mahallada jadal suratlar bilan olib borilmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM