Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi

-  Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun soliq tizimida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida Samarqand tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda, - dedi Firdavs Gʻaniyev, - 2022 yilda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar, yangidan ochilgan, ya’ni, yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga joyiga borgan holda dastlabki bugalteriyasini yuritishga ko‘maklashish, hisobotlarni taqdim qilish muddatlari va tartiblarini, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, yuzaga kelgan muommolari o‘rganilib, vakolat doirasida ko‘mak berib kelinmoqda.
Samarqand tumanida 2022 yilning o‘tgan ikki oyida davomida 406 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik hamda 219 ta kichik biznes subektlari yangidan tashkil etildi. Shulardan 146 ta yangidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar joyiga borib o‘rganildi va tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. 45 ta korxonalarga “E-ijara” AAT bo‘yicha tushuncha berilib, undan qanday foydalanish bo‘yicha, 25 ta korxonalarga soliq rejimini tanlashda ko‘maklashildi. 13 ta korxonalarga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi, 21 ta korxonalarga hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va muddatlarida taqdim qilish, 42 ta korxonalarga 2022 yil soliq siyosatidagi o‘zgarishlar batafsil tushuntirildi.
Eng katta yutuqlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘z-o‘zini band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qaror ijrosi bo‘yicha tumandagi 2591 nafar ishsizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi, xar tomonlama qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, tashkil etilayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyatini yanada qo‘llash va qulayliklar yaratib berish maqsadida onlayn nazorat kassa mashinasi bilan ta’minlandi. Foydalanishlarida amaliy yordam berish bilan birga olinadigan soliq imtiyozlari yuzasidan ko‘nikma va tushunchalar berilmoqda. 
Bu bilan tumanda tadbirkorlik faoliyatini yuritishda “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida berilayotgan ko‘nikmalar sabab soliq huquqbuzarligini oldi olinmoqda, soliq va to‘lovlar o‘z vaqtida hisob-kitob qilinib, to‘lanishiga imkoniyat yaratilmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM