Ta’lim sifatini oshirish uchun nimaga e’tibor qaratish kerak?

Samarqand tumanida milliy reyting natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur savolga javob izlandi. 

Unda viloyat hokimining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi S.Usmonov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonov, viloyat ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i G‘.Boboxolov, tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari hamda tumandagi 
maktab direktorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sohada erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Ta'kidlanganikek, umumta'lim muassasalarining milliy reytingida Samarqand tumani samarali natijalarga erishgan bo‘lsa, ayrim indikatorlar bo‘yicha qoniqarsiz baholangan. Ushbu holat yuzasidan yo‘l xaritasini ishlab chiqish, yuqori natijaga erishish zarurligi qayd qilindi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM