Samarqand tumanida “Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qanday ishlar olib borilmoqda?

Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Firdavs Nizomov shu haqda ma’lumot berdi.
Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasiga oktyabr oyi uchun budjet daromadlariga 10 908.7 mln so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 13 565.3 mln so‘mlik tushum ta’minlandi.
Faoliyatini endi boshlagan tadbirkorlar hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kungacha tumandagi 1 856 ta tadbirkorlik subekti o‘rganildi. Shundan 1 629 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.
Jumladan, dastlabki bugalteriyani yuritishda 519 ta, E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashishda 88 ta, E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashishda 222 ta, E-imtiyoz AAT bo‘yicha ko‘maklashishda 165 ta, SHXVdan ko‘chirma berishda 217 ta, soliq organiga aloqador boshqa muammolar bo‘yicha 106 ta tadbirkorga amaliy yordam berildi. Masalan, “Jahon Kafolat Stil” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 31.3 mln so‘mlik ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytarib berildi.
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida ye’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Bu soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022 yilning oktyabr oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 9808 nafarni tashkil etdi.
Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida “Soliqchi-ko‘makchi Samarqand tuman DSI” guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda. Shuningdek, +998937209020 raqami orqali telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.
-  Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin, - deydi tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.Nizomov.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM