“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz”

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan “Yangi nafas” sport musobaqalari Samarqandda ham yuqori tashkil etildi.
Samarqand tumanidagi “Buyuk Ipak yo‘li” turizm markazida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” yagona shiori ostida o‘tkazilgan marafonda 7 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahsda mazkur marafonning o‘tgan yilgi bahslarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi Namoz Bobomurodov qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Markaziy harbiy okrug xizmatchisi Ilhom Nazarov egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin pastdarg‘omlik sportchi Komiljon Fozilovga nasib etdi.
Qizlar bahsida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni pastdarg‘omlik sportchilar Farangiz Alimova va Elnoza Mahmaraimovalar qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin SamDU talabasi Durdona Shamsiyevaga nasib etdi.
Musoqabada nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar hamda qator nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM