Chempionlar taqdirlandi

Joriy yilning 9-14 noyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida sportning qo‘l janggi turi bo‘yicha erkaklar va ayyollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Maskur musobaqada Samarqand tumani 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi sportchilari yurtimiz sharafini munosib ximoya qilishdi.
Bugun tuman hokimligida Osiyo chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda tuman hokimi va sektor rahbarlari sportchilarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi hamda esdalik sovg‘alari topshirishdi.

Ma’lumot uchun: Osiyo chempionatida tumanimiz sportchilari Jasur Xasanov 88 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni, Shaxriyor Baxronov 67 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘lishdi. Shuningdek,  Nilufar Polvonova 64 kilogramm vazn toifasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Zoyir Boboqulov ham 88 kilogramm vazn toifada 2-o‘ringa munosib topilib, kumush medalga ega chiqdi. Amir Axmedov esa 88 kilogramm vazn toifasida 3-o‘rinni egallab, bronza medali sohibi bo‘ldi.
 

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM