“Forish” tog‘ poligonida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari uchun yig‘in boshlandi

Markaziy harbiy okrugining Forish tog‘ poligonida mahalliy davlat hokimiyati  organlari, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘in boshlandi.

Yig‘inda Jizzax va Samarqand viloyatlari va tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar rahbarlari mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida bo‘lgan holda ishtirok etishmoqda.

25 noyabrga qadar davom etadigan yig‘in davomida ishtirokchilar jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-ma’muriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishishadi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport yo‘nalishlarida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashadi.  Eng muhimi, ishtirokchilar operativ safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan o‘tish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar bo‘lib borishadi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM