Munosabat: Murojaatchining talablari qonuniy tartibda o‘rganilmoqda

Samarqand tumani “Qorasuv” MFYda istiqomat qiluvchi Lola Umarova viloyat teleradiokompaniyasiga murojaat qilib, yashash uchun sharoiti yo‘qligi, bir xonali nurab ketgan uyda yashab kelayotgani, tuman mas’ullari bu holatga e’tibor qaratmayotganini ma’lum qilgan.
Tuman hokimligi, kadastr va boshqa tashkilot vakillari holatni joyiga borib o‘rgandi. Aniqlanishicha bir necha bor sektorga murojaat qilingan. Haqiqatda bir xonali uyda yashab kelmoqda. Masulllar L.Umarovaga tegishli tartibda moddiy yordam berilishini bildirdi. Uy-joyining hujjatlari qonuniy tartibda o‘rganiladigan bo‘ldi. Ayni kunlarda hokimlik tomonidan tuzilgan ishcha guruhi tomonidan ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan ish olib borilmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM