Rahbarlar daraxt ko‘chati ekdi

Samarqand tumani Ohalik mahallasi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 500 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Tuman hokimligi tomonidan ajratilgan yer maydonlarida tashkil etilgan hasharda tuman hokimi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, har bir korxona va tashkilot, muassasa raharbarlari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi. Ushbu jarayonda 30 turga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, tuman hokimligining qishloq va suv xo‘jaligi kompleksiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 165 ming 500 dona, tuman hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari kompleksiga ta’luqli tashkilotlar tomonidan 110 ming 961 tup ko‘chat ekililishi rejalashtirilgan bo‘lsa, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantrish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar kompleksiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 25 ming 740 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi. Shuningdek, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish kompleksiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 35 ming 044 dona hamda mahalla va nuroniylarni qo‘lla-quvvatlash bo‘limi tomonidan 156 ming 799 dona mevali va manzarali daraxt, ko‘chat va qalamchalar ekilishi ta’minlanadi.
Ko‘chat ekish jarayonida hududning tuproq va iqlim sharoitiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kelgusida tomchilatib sug‘orish orqali ko‘chatlarni parvarishlashni hisobga olgan holda me’yordan ortiqcha suv talab qilmaydigan 30 turdagi daraxt turlari tanlab olindi.
Bugun “Yangi makon” umumilliy loyihasi tumanning har bir mahallasida davom etmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM