Xalqaro jurnalistlar uchun turizm qishlog‘iga press-tur tashkil qilindi

Press-tur

Kanada mamlakatida yashayotgan vatandoshimiz, “Dunyo o‘zbeklari” sayti rahbari Ismat Xushev hamda viloyatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari Samarqand tumanida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, turizm sohasidagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdi

Dastlab, hunarmandchilik markazida qadimiy qog‘oz ishlab chiqarish jarayoniga guvoh bo‘ldi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida Konigil qishlog‘i qiyofasi bugun tubdan o‘zgargan. Ayni paytda hudud go‘zal tabiati, tarixiy qadriyatlari va hunarmandchilik rivojlangan markaz sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan. Hududda shuningdek, sayyohlarning madaniy dam olishlari, xalq hunarmandchiligi va an’anaviy urf-odatlar bilan tanishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov, Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov hududdagi bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berdi.

Tashrif tafsilotlari “Dunyo o‘zbeklari” saytining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn tarzda jonli efir orqali yoritib borildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM