Tungi reydda 5 nafar voyaga yetmagan bolaga chora ko‘rilishi belgilandi

Samarqand tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida voyaga yetmagan bolalarning tungi vaqtlarda bemaqsad yurganliklari aniqlandi. Reyd tadbirlari tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘ba mudiri, din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, ichki ishlar, xalq ta’limi bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Tungi reyd davomida voyaga yetmagan shaxslarning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida bo‘lishi holatlari o‘rganildi.
Tadbir vaqtida umumiy ovqatlanish shoxobchalari va kompyuter zallarida tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz bo‘lgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning ota-onalariga qonun doirasida choralar ko‘rilishi belgilandi.
Jumladan, Ravonak mahallasida joylashgan “Uch chinor” kompyuter zalida soat taxminan 22:05 lar atrofida voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan M.X hamda 2005 yilda tug‘ilgan M.M. ota-onasi nazoratisiz kompyuter o‘ynab o‘tirgani aniqlandi.
Shuningdek, kompyuter va billiard xizmatlari ko‘rsatiz zalida reyd tadbirini amalga oshirish davomida 2005 yilda tug‘ilgan M.A. ham tungi vaqtda bem aqsad yurganligi aniqlandi. Bundan tashqari Qavchinon mahallasida joylashgan “Coliseum” kalyan xonada ikki nafar voyaga yetmagan bola borligi ham reyd ishtirokchilarning e’tiborini tortdi va noqonuniy harakatlari uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Reyd tadbirlari davom etmoqda.

2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM