Joriy yil 25-noyabr kuni soat 16:00 da "Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining qirq beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" tuman hokimining qarori qabul qilindi

Sessiya kun tartibida:

"Hududgaz" Samarqand gaz ta’minot filiali boshlig‘i S.Boboyev, Samarqand tumani Elektr ta’minoti korxonasi direktori A.Shukurov hamda "Samarqand suv ta’minoti" mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand tuman filiali boshlig‘i A.Fayziqulovlarning hisobotlari tinglanadi.

Shuningdek, Samarqand tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.Usmonovning "Mahalliy budjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida"gi hisoboti haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Samarqand tumani Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi direktori N.Berdiyevning hisoboti,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5048-sonli “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24- mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonining 7-bandini ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayn tizimiga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan qilingan ishlari haqida Samarqand tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Islomov, Samarqand tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i J.Saidov hamda Samarqand tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i S.Aliyevlarning hisobotlari eshitilishi kutilmoqda

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM