“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida qanday ishlar olib boriladi?

Yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining joriy yil 2 noyabrdagi 23 sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 10 noyabrdagi buyrug‘ida belgilangan topshiriqdan kelib chiqib, 15 noyabrdan 15 dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Shu kunga qadar oylik doirasida Samarqand tumanida ham ko‘plab tadbirlar, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Jumladan, aholi xonadonlarida, idora va tashkilotlarda, mahallalar, maktablarda bu borada amaliy ishlar tashkil qilindi.


Samarqand tumanidagi Gulobod Agrobiotexnologiyalar texnikumida o‘tkazilgan tadbir shular jumlasidan. Yig‘ilishda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman hokimligi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar, tumanimizdagi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar oylikning ahamiyati, bu borada shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Yong‘in xavfsizligi oyligi davomida yong‘inlarni oldini olish, xususan, aholining is gazidan zaharlanishi va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni keng qamrovli va sifatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratishni va bunda barcha tashkilotlarning hamkorlikda ish olib borishlari muhimligini ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, kelgusida oylik doirasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM