Mahallalarda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Samarqand tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida o‘tkazilgan ochiq muloqotda shu haqda ma’lumot berildi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, 2021 yil davomida aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash orqali orqali turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tumani bo‘yicha 43 ming 767 nafar 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar, shundan 6760 nafar muhtoj ayollar ro‘yxati shakllantirildi.


Shu yo‘sinda 231 nafar ayollarga kereditlar ajratildi. 68 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. 714 nafariga o‘z-o‘zini band qilish uchun tikuv mashinasi va pishiriq pechlari tarqatildi. Shuningdek, 466 nafar boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam pullari berildi.
34 nafar noturar joylarda istiqomat kilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turarjoy mavjud bulmagan ayollarga 1 milon so‘mdan ijora pullari to‘lab berildi.
Qilingan ishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 28 nafar uy-joyini ta’mirlashga muxtoj 1-gurux nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy ko‘mak berildi. Bu ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi albatta. Shu qatori 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bundan tashqari tibbiy yordamga muhtoj aholiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Viloyat kasaba uyushmalari tomonidan 97 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi  berildi. Homiylar tomonidan 7 nafar xotin-qizlarimizni uy-joylari ta’mirlab berildi va 250 nafardan ziyod xotin-qizlarimizga oziq-ovkat mahsulotlari berildi.
Muloqot davomida shu kabi ishlar bilan bir qatorda kelgusi vazifalar haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda blogerlar va keng javoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan savollarga hokim o‘rinbosari batafsil javob qaytarda.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM