Qishloq xo‘jaligida kimyoviy zararli birikmalardan holi mahsulotlar yetishtiryaptimi? Yangi navlarni foydalanishga keng joriy etish borasidagi ishlar qanday yo‘lga qo‘yilmoqda?

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqotda tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ushbu savollarga javob berdi.
Ta’kidlaganidek, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, tuman hududlarini tuproq-iqlim sharoitlariga mos bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish hamda ilm-fan yangiliklarini keng joriy etish va mahsulot ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bois tumanda uzumchilikni rivojlantirish yuzasidan barcha qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda fermer xo‘jaliklar bilan uzumning Sogdiana, Parvana, Qora kishmish navlarini ko‘paytirish, mahallalarda uzumchilikni rivojlantirish yo‘li bilan ixtisoslashtirish, uzumni quritish usuli bilan mayiz ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Xususan, tumandagi Chordara, Turkman hamda boshqa mahallalarda uzumchilikni rivojlantirish borasida mahallani uzumchilikka ixtisoslashtirish ishlari rejalashtirilgan. Shuningdek, tumanimiz meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator ishlar olib borilmoqda.
Tumandagi “Navruz agrotexservis”, “Gulobod agrotexservis”  agrofirmalarida viktoriya, gala va qizil navli yuqori hosil beruvchi kartoshkalar ekilishi boshlangan va o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Muloqotda shu va boshqa masalalar yuzasidan fikr mulohazalar berildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM