Samarqand tumanida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida qanday ishlar olib borilmoqda? Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Firdavs Nizomov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular to‘g‘risida so‘z bordi.

-   Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun soliq tizimida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qator ishlar olib borilmoqda, - deydi F.Nizomov. – 2022-yilda yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga joyiga borgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar, dastlabki bugalteriyasini yuritishga ko‘maklashish, hisobotlarni taqdim qilish muddatlari va tartiblari, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari tushuntirib kelinmoqda. Samarqand tumanida 2022-yilning o‘tgan ikki oyi davomida 406 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik hamda 219 ta kichik biznes subektlari yangidan tashkil yetildi. Shulardan 146 ta yangidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar joyiga borib o‘rganildi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. 45 ta korxonaga “E-ijara” AAT bo‘yicha tushuncha berilib, undan qanday foydalanish shuningdek, 25 ta korxonaga soliq rejimini tanlashda ko‘maklashildi. 
Eng katta yutuqlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha tumandagi 2591 nafar ishsizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, tashkil etilayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyatini yanada qo‘llashda va qulayliklar yaratib berish maqsadida onlayn nazorat kassa mashinasi bilan ta’minlanishida va foydalanishlarida amaliy yordam berish bilan birga olinadigan soliq imtiyozlari yuzasidan ko‘nikma va tushunchalar berilmoqda. Bu bilan tumanda tadbirkorlik faoliyatini yuritishda “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida berilayotgan ko‘nikmalar sabab soliq huquqbuzarligini oldi olinmoqda. Soliq va to‘lovlar o‘z vaqtida hisob-kitob qilinib, to‘lanishiga imkoniyat yaratilmoqda.
Davlat soliq xizmati insofli soliq to‘lovchilarning iqtisodiy hamkori bo‘lib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, ularning manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha tashkil qilingan ishlar yuzasidan doimiy chora-tadbirlar belgilab olingan.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM