Zukko kitobxonlar aniq bo‘ldi

Samarqand tumanidagi 10-umumta’lim maktabida 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish maqsadida tashkiil etilgan tanlovda Sulfakabutak mahallasining 7 ta jamoasi o‘z bilimini sinashdi.

Nizomga asosan har bir jamoada 6 nafardan bilmidon yig‘ildi.
Hakamlar xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Marifatparvarlar” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin “Donolar” jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, “Vatanparvarlar” jamoasi uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

Tanlovda faol ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Bu kabi tadbirlar boshqa mahallalarda ham tashkil etildi.


 

2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM