“A’zam Azamat Agro” fermer xo‘jaligi Rossiya va Belorus davlatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beryapti

Bugungi kunda Samarqand tumanida 4 ta transport logistika markazlari faoliyat olib boradi.
O‘tgan 2021 yilda ushbu logistika markazlari tomonidan 22 million 596 ming AQSH dollari miqdoriga teng qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Ayni kunlarda esa 6 million 762 ming AQSH dollari miqorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilning yakuniga qadar  24 million 589 ming AQSH dollariga teng mahsulot chet davlatlarga chiqarilishi mo‘ljallangan.
“A’zam Azamat Agro” fermer xo‘jaligi ana shunday yirik korxonalardan biridir. Korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksporti bilan shug‘ullanib kelmoqda. Joriy yilda korxona tomonidan 1 million AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilishi mo‘ljal qilgan. Bugungi kunda korxonaning 3000 tonna sig‘imidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatkichli omborxonasi mavjud.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha korxona balansida 26 ta yuk tashuvchi avtomobillari bor. Rossiya, Belorus va boshqa davlatlar bilan yirik shartnomalar tuzilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM