“Mobil metodik guruhlar” faoliyati qoniqarlimi?

Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini oshirish hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha “Mobil metodik guruhlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda maktablarda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilimini sinovdan o‘tkazish, natijasida aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, ilg‘or metodika va innovasiyalarga o‘rgatish tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand tumanidagi 55-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan muloqotda “Mobil metodik guruhlar” faoliyati tahlil qilindi. Unda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori, professor A.Begmatov, tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tuman XTB rahbari ishtirok etdi.


Muloqotda umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini joriy qilishning ahamiyati tushuntirildi.


Endi ushbu guruhlar yordamida o‘quvchilar uchun tumanda ko‘chma ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etib boriladi va o‘quvchilarni oliy va kasbiy ta’limga yo‘naltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. Bunda mobil guruhga jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilar o‘quv kurslarida mashg‘ulotlarni olib borish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yangicha o‘quv kursi dasturini ishlab chiqadi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM