Hokim o‘rinbosari O‘rtashiqda qabul o‘tkazdi

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev O‘rtashiq mahallasidagi 16-umumta’lim maktabida yoshlar va mahalla fuqarolarini qabul qildi.
Qabulda ichki yo‘llarni ta’mirlash, kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek, elektr simyog‘ochlarini almashtirish singari masalalar to‘g‘risida qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM