Hokim fuqarolarni sayyor qabul qildi

Mamlakatimizda inson manfaatlari, uning qadri oliy darajaga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.


Shu ma’noda, tuman hokimi Sirojiddin Usmanov Yangijoy mahallasida yoshlar hamda fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabulda mahalla hududida stadion qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, moddiy yordam tayinlash singari masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi. Aksar murojaatlar tizimli ravishda hal etiladigan bo‘ldi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM