To‘lqin Suvonov Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Samarqand tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida tibbiyot xodimlari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
- Ushbu jarayon sog‘liqni saqlash sohasida ham jadallik bilan kechayotir, - dedi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyazov. - Tibbiyoti rivojlangan davlatlardagi kabi eng ilg‘or innovasion taraqqiyotga erishish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda tibbiy xizmatni yanada yuksaltirishga daxldor xayrli tashabbuslar sog‘liqni saqlash istiqbolini belgilab berdi.
Yig‘ilishda tibbiy xizmat samaradorligi va sifatini oshirish, bunda soha mutaxassislari jonbozlik ko‘rsatish lozimligi tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida To‘lqin Suvonov Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani o‘qib eshittirildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM