Jaxolatga qarshi ma’rifat kerak

Insoniyat qadimdan buyon jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib kelgan.

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikasiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun, ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo, ularning qalbida Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurdir.

Samarqand tumanidagi "Dilafruz" bazmgohida tashkil etilgan "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik!" shiori оstidagi tadbirda ham shu fikrlar bildirildi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, keksa avlod vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Ilhom Marupov turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar tarbiyasida ota-onaning o‘rni, tinchlikni qadriga yetish to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Shuningdek, "Jar yoqasida" nomli videorolik namoyish etildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM