M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining atrofi gulzorga aylantiriladi

Siren gulining balandligi 4 metrgacha bo‘ladi. Ushbu gul 12 oy davomida o‘sib turuvchi xususiyatga ega. Novdalaridan ko‘chat sifatida foydalanish ham mumkin. Ko‘chat ekilgandan so‘ng ildiz otib ketgunga qadar doimiy parvarish zarur.
Navbatdagi seminarda tuman hududidan o‘tgan M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining atrofiga ekilgan ushbu gullarni parvarishlash, yo‘l atroflarini gulzorga aylantirish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, "Navro‘z", "Konigil", "Yangiariq" va "Gulobod" MTP hududidagi fermer xo‘jaliklari raislari, sohaga aloqador korxona-tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Hududda ikki kun ichida 270 tup siren guli ekildi. Bu boradagi ishlar albatta, davom ettiriladi. Boshqa turdagi gullar hamekiladi. Katta yo‘l yoqasini gulzorga aylantirish bilan bir qatorda uni parvarishlash chorasini ham ko‘rish zarur. Doimiy sug‘orish ishlarini tashkil qilish, hududni obodonlashtirish galdagi vazifalardan biri, deyildi seminarda. Buning uchun aynan nimalarga e’tibor qaratish zarurligi aytib o‘tildi.
Seminarda ushbu ishlarga hududdagi tadbirkorlar ham o‘z hissasini qo‘shishini bildirdi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM