Hokimlik xodimlarining kasbiy saviyasi oshiriladi

Xabar qilganimizdek, tuman hokimligi xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmatini samarali tashkil etish mexanizmlari” mavzuida o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda davlat boshqaruvi akademiyasi viloyat hududiy boshqarmasi, Samarqand davlat universiteti, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassislari qatnashdi.  

“Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” doirasida mashg‘ulot va taqdimotlar o‘tildi.

Seminar avvalida viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi xodimi Akbar Qodirov so‘zga chiqib, davlat xizmatchisi oldiga qo‘yilayotgan bugungi kun talabi, kasb odobi, aholi bilan muloqot madaniyati masalalarida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Mannob Ibodullayev ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalasida tavsiyalarini berdi.

Mashg‘ulotlar interfaol usullar bilan yanada qiziqarli o‘tdi.

 

 

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM