Ochiq muloqotda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash, dala-o‘quv maydonida harbiy mashg‘ulotlarni o‘tashga bag‘ishlangan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi

Unda tuman hokimning o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlovchi yuqori harbiy salohiyatga ega bo‘lgan armiyaning shakllantirilganligi bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tumandagi yoshlarni Qurolli Kuchlar safiga yuborish bo‘yicha Markaziy harbiy Okrug miqyosida uch marotaba o‘quv dala mashg‘ulotlari tashkil etildi. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy texnikalardan foydalanish hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash sir-asrorlari mutaxassislar tomonidan amaliy tarzda ko‘rsatib kelinmoqda.

Dastlabki tanlash tadbirlari davomida oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga qaror qilgan yoshlar yoki harbiy xizmatchiga tegishli ma’lumotlarni, uning ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

2022 yil oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirgan nomzodlar bilan dastlabki saralash ishlari nomzodlarning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalarda amalga oshirilib, bunda nomzodalarning sog‘lig‘iga, individual-psixologik xususiyatlari va umumjismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi.

2022 yil o‘quv yili davomida Samarqand tumani hududida joylashgan umumta’lim maktablarida “Shunqorlar” harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalarda tumandagi umumta’lim maqtablarining barchasi qatnashishi ta’minlandi. Maktab o‘quvchilarining “Sazagan” dala o‘quv maydoniga sayohati tashkil etildi. O‘quvchilar harbiy xizmatchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM