Ochiq muloqotda tumanda “Obod mahalla” davlat dasturining ijrosini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

Unda tuman hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev ishtirok etdi.
Yurtboshimizning 2022 yil 18 mart kuni tumanlarning olis hududlarida joylashgan mahallalardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, shuningdek, ularda istiqomat qilayotgan aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar bo‘yicha 172 sonli qarorlari qabul qilingan. Shunga ko‘ra, tumanimizdagi Qoziqo‘rg‘on hamda Do‘stlik mahallalari ushbu qarorda tasdiqlangan bo‘lib, qurilish ta’mirlash ishlari jadallashtirilgan.
Jumladan, ichki va asosiy yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha Qoziqo‘rg‘onda 6 km tosh shag‘al hamda asfalt qoplamasini yotqizilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘llarni ta’mirlash asfalt qoplamasini yotqizilishi ishlari boshlab yuborilgan. Qoziqo‘rg‘on mahallasida tender g‘olibi pudratchi tashkilot “Fayz kommunal qurilish” MCHJ tomonidan shartnoma asosida qiymati 1534,779 (mln.so‘m) 1 dona yangi suv inshootini qurish hamda 7,2 km yangi tarmoq tortish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar to‘liq yakunlangan.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 1 ta yangi transformator o‘rnatish, 1900 metr elektr tarmoqlar tortish 50 ta temir beton ustunlar o‘rnatish, bundan tashqari, 50 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 30 ortiq temir beton ustunlar o‘rnatildi va tarmoq tortish ishlari davom etmoqda.
Tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan kam taminlangan oilalarga 25 dona suyultirilgan gaz balonlari ijara asosida foydalanish uchun topshirildi hamda mahallaning suyultirilgan gazga bo‘lgan extiyoji to‘liq qoplandi. Ijtimoiy soha ob’yektlaridan 43-sonli umumta’lim maktab binosini rekonstruksiya qilish xamda 240 o‘rinli ko‘shimcha bino qurish rejalashtirilgan. Bu ishlar ham to‘liq yakunlandi.
Mahallada internet sifatini yaxshilash maqsadida tuman aloqa bo‘limi xodimlari tomonidan 300 metr tarmoq tortildi. Mahalladagi 140 ta uy-joy ta’mirlandi. Shu bilan birga 2,5 km piyodalar yo‘lakchasi qurish rejalashtirilgan. Bugungacha 1500 metr piyodalar yo‘lakchasi qurildi va mazkur ishlar davom etmoqda. Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 1200 dona daraxt ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 1200 donadan ortiq manzarali va mevali  daraxt ko‘chatlari ekilib tugatilgan.
Tumandagi Do‘stlik mahallasida ichki va asosiy yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha tosh shag‘al va asfalt qoplamasi yotqizilishi hamda betonlashtirish uchun 9 km rejalashtirilgan. Ayni kunda pudrat tashkilotlari tomonidan 2,5 km asfalt qoplamasi va 2,7 km tosh shag‘al qoplamasi yotqizildi va ishlar jadal davom etmoqda. 
Do‘stlik mahallasiga 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish, 1 ta yangi suv inshootini qurish hamda 5 km yangi tarmoq qurish ishlaridan tarmoq tortish ishlari 100 % ga, suv ko‘tarish inshootlarning to‘liq foydalanishga topshirish ishlari 90% bajarilgan.
 Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 1 ta yangi transformator o‘rnatish,  3.80 km elektr tarmoqlar tortish hamda 50 dona beton ustunlar o‘rnatish ishlari ham reja qilingan. Ushbu ishlar tuman elektir ta’minoti korxonasi mutaxasislari tomonidan jadal ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, 50 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi va 2.5 km piyodalar yo‘laklari qurish ishlari 95 % bajarildi. Tuman “Xududgaz” korxonasi tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga 20 ta  gaz ballon tarqatildi, 800 metr tarmoq va 4 ta gerpe rekonstruksiya qilindi.
Ijtimoiy soha ob’yektlaridan ya’ni 5-sonli maktab tendir g‘olibi “Mansur Sifat Qurilish” MCHJ pudratchi tashkilot tomonidan va joriy yilning 20 avgust kuni foydalanishga topshirilda. Shuningdek, mahallada yangi 60 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish ishlari ham jadal olib borilayotir. Shu bilan birga tuman aloqa bo‘limi tomonidan 400 metr internet tarmoqlari tortildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM