Bolaning begonasi bo‘lmaydi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning to‘laqonli hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish maqsadida Samarqand tumani bo‘ylab ko‘plab savobli ishlar amalga oshirilmoqda. 
“O‘zbekiston Respublikasi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi qaroriga asosan har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida yurtimizda keng nishonlanishi Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya qilish yaqqol isbotidir.
Jumladan, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Byuroning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan “Sulfakabutak” mahallasida yashovchi 10-maktab o‘quvchisi Xolov Baxtiyor, “Zaxlik” mahallasida yashovchi 11-maktab o‘quvchisi Ro‘ziqulova Fotimalarning holidan xabar olindi. 

    Ular yashaydigan xonadoniga borilib, o‘quvchilarning ta’lim olish sharoiti bilan tanishib, ularga kitoblar, o‘quv qurollari taqdim etildi.  

    Bu kabi tadbirlar tumanda davom etmoqda...

 Usmon RASHIDOV, Byuroning Samarqand tuman bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM