Dekabr oyi uchun byudjet daromadlari rejasi bajarildi

Samarqand tuman davlat soliq inspeksiyasiga dekabr oyi uchun byudjet daromadlariga 10 250,0 mln so‘mlik reja belgilangan. Amalda esa 11 320,9 mln so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 110,4 foizga 1 070,0 ortig‘i bilan bajarildi.
Masalan, dekabr oyida aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 844,0 mln so‘mlik reja haqiqatda 891,5 mln so‘m (105,6 foiz)ga, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 361,0 mln so‘mlik reja  938,1 mln so‘m (362,2 foiz)ga bajarganligini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari 4-chorakda 36 365,0 mln so‘mlik reja belgilangan. Amalda esa 37 591,6 mln so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 103,2 foizga 1 181,5 mln so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 634 ta tadbirkorlik su’bektlariga dastlabki bugalteriyani yuritish, 9 tasiga 47,7 mln. so‘mlik boshqa soliq turlariga ortiqcha to‘lovini qaytarish, 289 tasiga SHXVdan ko‘chirma berishga, 550 tasiga Ye-aktiv, E-ijara, E-imtoyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
Tuman bo‘yicha joriy yil dekabr holatiga 985 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida esa eng ko‘p jismoniy shaxs yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi. Jumladan, ushbu sohada 416 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
Samarqand tuman davlat soliq inspeksiyasiga 2022-yil 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga “Veb-sayt” orqali yo‘llagan 157011s/22-sonli murojaati vakolat doirasida o‘rganib chiqilib, murojaatda MCHJ raxbari  Xasanova  Rozabonuga tegishli oilaviy korxona Samarkand tumani “Motrid agrotexserviz” hududida joylashgan korkonaning soliq qarzdorligi bo‘yicha xabarnoma kelganligi bo‘yicha murojjat qilgan.
O‘rganishda, Soliq kodeksining 423-moddasiga asosan soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
2022 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi” 2021 yil O‘RQ-742-son qonuniga asosan yer va mol-mulk solig‘i belgilangan stavkada hisoblanganligi tug‘rsida fuqaroga tushuncha berildi.
Ushbu fuqaroning murojaati bo‘yicha huquqiy maslahat berilib, murojaati ijobiy hal etildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM