Joriy yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar qanday? Amalga oshirilayotgan ishlar nimalardan iborat?

Ushbu savollarga Samarqand tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Shavkat Hasanov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida javob izlandi.
-  Samarqand tumanida band bo‘lmagan aholini domiy, mavsumiy hamda vaqtinchalik ishlarga joylashtirib, bandliklarini ta’minlash maqsadida joriy yilda 25 ming 776 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan, - deydi Sh.Hasanov. - Shundan 9 ming 969 nafar fuqaro doimiy ishga, 8 ming 878 ta mavsumiy ishlarga hamda 6 ming 929 ta legallashtirish orqali yangi ish o‘rinlariga joylashtiriladi.
Xizmatlar va tadbirkorlik yunalishida jami 14 ming 584 ta yangi ish o‘rinlar rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish yunalishida 196 ta, turizm sohasida 404 ta, savdo va servis yunalishida 4668 ta, mikroloyihalar va mikromarkazlar hisobiga 1461 ta, kasanachilik vaqtinchalik ishlarda band qilish  685 ta, hunarmandchilik yunalishida 241 ta, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yunalishida 9 ming 674 ta ish o‘rinlar yaratiladi.
Bundan tashqari investisiya dasturlari doirasida jami 83 ta loyihada 1 ming 518 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, davlat  investisiya dasturi doirasida 2 ta loyihada 65 ta, hududiy dastur doirasida 81 ta loyihada 1 ming 453 ta ish o‘rini mavjud bo‘ladi.
Joriy yilning yanvar oyida 565 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM