Matbuot anjumani aliment to‘lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi

Unda majburiy ijro byurosining Samarqand tuman bo‘limi boshlig‘i Baxodir Yusupov ishtirok etdi.
Anjumanda tuman hududida aliment qarzdorliklari undirilishi belgilangan mablag‘larni majburiy undirishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
O‘tgan 2022 yilning 12 oyi davomida aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy to‘lovlarni undirib borish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Xususan, aliment undiruvlari bilan bog‘liq jami 2 985 ta ijro hujjatlari bo‘yicha bo‘lim tomonidan mahalliy hokimlik, tuman prokuraturasi va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 602 ta holatda qarzdor va undiruvchilar yarashtirilib, buzilgan oilalar tiklangan va 197 ta ishsiz qarzdorlarni ish bilan ta’minlanishiga erishilgan.
2022 yilning 12 oyi davomida olib borilgan ijro xarakatlari davomida jami 8 mlrd. 140 mln. so‘mlik aliment pullari undirilib berilishi taminlangan. Aliment to‘lovidan bo‘yin tovlagan jami 46 nafar qarzdorlarga MJtKning 474-moddasiga asosan 15-sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 3 nafar qarzdorlarga nisbatan JKning 122-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM