Tuman hokimi 23-umumta’lim maktabida bo‘ldi

Tumandagi 23-umumta’lim maktabida 1413 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Maktabda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kasbga o‘rgatish maqsadida 8 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun ushbu maktabda ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov, umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Dastlab, rahbarlar maktab hovlisida yaratilgan bog‘ va gulxona faoliyati bilan tanishdi.
O‘quvchilarning gulchilik, ko‘chatchilik va limonchilik ishlariga qiziqishi natijasida maktabda ana shunday issiqxonalar tashkil etilgani ta’kidlandi. Hudud obodligi e’tirof etildi.
Shundan so‘ng maktabda kasbga yo‘naltirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Tikish-bichish, zargarlik, to‘qish kabi to‘garaklarga jalb qilingan o‘quvchilarning qo‘l mehnatlari bilan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rsatib o‘tildi.
Etirof etish joiz, maktabda Xitoy tili to‘garagi tashkil etilganiga ko‘b bo‘lmadi. Shunga qaramasdan bugun o‘quvchilar Xitoy tilida so‘zlasha boshlashgan. Tuman hokimi mazkur to‘garak faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.
Seminar davomida har bir maktabda ana shunday ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, til va kasbga o‘rgatishni joylantirish zarurligini ta’kidladi. Ta’lim sifatini oshirish orqali barcha ko‘zlagan rejalarga bosqichma-bosqich erishish mumkinligini qayd etdi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM