Probatsiya guruhi nazoratida turganlarga qonuniy yordam ko‘rsatiladi

Samarqand tuman ichki ishlar bo‘limida “Siz qonun himoyasidasiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari M.Baratova, ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizlik xizmati probatsiya guruhi inspektorlari Sh.Sulaymonov, D.Ortiqov, IIB katta inspektori Sh.Bobosharipovalar ishtirok etdi.
Tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizlik xizmati probatsiya guruhi hisobida turib, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tab kelayotgan xotin-qizlarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash, o‘qishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, eng asosiysi, shaxsni  tarbiyalash borasidagi ishlar tushuntirib o‘tildi. Albatta, bu jarayonda ular qonun himoyasida ekanligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari mazmun-mohiyati haqida ham batafsil ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM