Umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama etildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Bahriddin Mardonov ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, 2022-2023-o‘quv yilida bo‘lim tasarrufidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 91 nafar direktor o‘rinbosarlari, 1481 nafar sinf rahbarlari, 57 nafar “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimlari faoliyat olib bormoqda. 
Tumandagi 53 ta umumta’lim maktablarida jami 42854 nafar o‘quvchilardan 33652 nafari fan va turli to‘garaklarga, jumladan 1081 ta fan to‘garaklariga 18763 nafar, 207 ta musiqa va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklarga 5088 nafar, 235 ta sport to‘garaklariga 6269 nafar, 135 ta kasbga yo‘naltirish to‘garaklariga 3532 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilingan.
Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. 2022-2023 o‘quv yilida esa o‘quvchilarning 5 tashabbus to‘garaklaridagi qamrovi 83 foizni tashkil etilishiga erishildi. Muntazam dars qoldirgan, nazoratsiz va qarovsiz qolgan, huquqbuzarliklar sodir etgan o‘quvchilarning 2022-2023 yillar davomida ota-onalariga farzand tarbiyasida o‘z majburiyatini bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKsining 47-moddasining tegishli qismlari bilan ma’muriy javobgarlik belgilandi. 
Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini boy madaniy merosimiz va tarixiy obidalar bilan tanishtirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlariga sayohatlari uyushtirildi. Sayohatlarga jami 33 600 nafar o‘quvchilar jalb qilindi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM