Sektor rahbarlari Qo‘shtamg‘ali fuqarolarini qabul qildi

Qo‘shtamg‘ali mahallasida tashkil etilgan qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, bandlik, tibbiyot birlashmasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi. Unda 30 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora ko‘tarilgan uchrashuvda murojaatlar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal soha masalalariga oid bo‘ldi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaati taalluqli idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, chora-tadbirlar belgilandi.
Aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM