“Har bir islohot inson qadri uchun” Samarqand tumanida shu shior ostida tadbir tashkil etildi

Bugungi kunda Samarqand tumanida 4402 nafar nogironlik pensiyasini oluvchi fuqarolar istiqomad qiladi. Shularning 642 nafari 30 yoshgacha yoshlardir. Samarqand tumanida ushbu fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ehtiyojidan kelib chiqqan holda nogironlik aravachalari, quloqchinlar, qo‘ltiqtayoqlar yetkazib berilyapti.
Shuningdek, 1845 nafar nogiron fuqaroga yoshga doir, 204 nafariga nogironlik, 225 nafari boquvchisini yo‘qotganlik va 554 nafariga amaldagi qonun doirasida ijtimoiy nafaqalar tayinlangan.
Samarqand tumanidagi “Samarqand garden” bazmgohida tashkil etilgan tadbir ham bu boradagi ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

.


3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Nosir Mavlonov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etayotganligini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari qonunlar bilan kafolatlanganligini, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalari uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurish hamda ularning farovon hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni ta’minlash borasida bugun ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidab o‘tdi.


Tadbir davomida tumandagi bir guruh nogironligi bor shaxslarga sektor rahbarlari tomonidan nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoq hamda esdalik sovg‘alar berildi.
Elimiz suygan san’atkorlar va yosh ijrochilarning konsert dasturi bayram ishtirokchilariga ko‘taringki kayfiyat ulashdi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM