Chakka qishlog‘i kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tabiiy gaz bilan ta’minlanadi

Joriy yil 8 yanvar kuni “Fantastik to‘rtlik, sektor rahbarlari faoliyati” telegram https://t.me/fantastik_turtlik/490  kanali orqali “Samarqand tumani Chakka mahallasi aholisi 1 yildan beri gaz ta’minotisiz yashab kelmoqda.  Ma’lum qilinishicha, mahallar fuqarolari o‘z hisobidan pul yig‘ib mahallaga gaz quvurlarini tortib kelishgan. Ammo 1 yildirki hamon mahallaga gaz ulanmagan” mazmunidagi video tarqaldi.
Mazkur holatni “Xududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari o‘sha zaxoti joyiga borib o‘rganishdi.
O‘rganish natijasida shuni ma’lum qilishdiki, Samarqand tumani Mirishkor MFYga qarashli Chakka qishlog‘ida tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun loyiha hujjatlari tayyorlanib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

Bugungi kunda mahallaning ichki gaz tarmoqlaridagi texnik kamchiliklari bartaraf etilib, xonadonlarga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgandan so‘ng, tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM