Samarqand tumanida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

Samarqand tumanida tuman hokimligi tashabbusi bilan 14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 
Sana munosabati bilan harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. So‘zga chiqqan tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.Gʻaniyev, Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov va boshqalar Vatanimiz ozodligi, mustaqilligimiz mustahkamligi aynan shu kasb egalarining mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini ta’kidlashdi. Shundan so‘ng harbiylar, huquq-tartibot idoralari, mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi. Ishtirokchilarga tashakkurnoma va bayram sovg‘alari tarqatildi.\

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM