Tashqi reklama konstruksiyasi hujjatlarini taqdim etish uchun muddat berildi

Rasmiy munosabat

“Samarkand & Самаркандцы” telegram kanali orqali “Samarqand tumani Xoja Ahrori Vali mahallasidagi markaziy ko‘chalar tutashmasining halqa yo‘lida o‘rnatilgan tashqi reklama konstruksiyasining haydovchilarga qorong‘u paytda avtotransport vositasini boshqarishda xalaqit berayotganligi to‘g‘risida post joylashtirilganini ma’lum qilgandik.

Mazkur holat tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib,  ushbu ikki  tashqi reklama konstruksiyasi fuqaro Sherali Saidov tomonidan tadbirkorlik qilish maqsadida o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qaroriga muvofiq, ushbu tashqi reklama konstruksiyalari qurilgan yer uchastkasining elektron auksion savdosi orqali rasmiylashtirilganligi hamda o‘rnatilgan tashqi reklama konstruksiyalari uchun to‘lovlarni amalga oshirganligi to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi.

Ko‘rsatilgan muddatda talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ushbu tashqi reklama konstruksiyalari o‘zboshimchalik bilan qurilgan, deb topilib, sud tartibida qonuniy ko‘rib chiqilishi belgilandi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM